Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Yoshlar o‘rtasida noxush holatlarning oldini olish

img

2018-yil 21-noyabr kuni Samarqand davlat universiteti Kimyo fakultetida “Yoshlar o‘rtasida noxush holatlarning oldini olish” mavzusida davra mashvarat-muloqot tadbiri bo‘lib o‘tdi. 
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar Qo‘mitasi eksperti falsafa fanlari doktori, professor Shermuxamedova Jamila Toshpo‘latovna ham ishtirok etdi. 
Unda yoshlar o‘rtasidagi turli noxush holatlarning oldini olish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, talaba yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni ta’minlash, ularning kitobga bo‘lgan mehrini yanada oshirishi kabi mavzularda so‘z bordi.

Shuningdek tadbirda Ruhobod jome masjidining imom-xatibi To‘lqin hoji Amirov, Samarqand davlat universiteti xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti raisi Sharofat To‘xliyeva, universitet psixologi Dildora Suleymanovalar ishtirok etdi.

Axborot xizmati