Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

O‘zbekistonda Scopus bo‘yicha eng yaxshi olimlar taqdirlandi

img

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Niderlandiyaning ilm-fanga ixtisoslashgan Elsevier nashriyot kompaniyasi bilan birgalikda dunyoning yirik ilmiy-tahliliy ma’lumotlar bazasi bo‘lgan Scopus statiskasi bo‘yicha samarali faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik yetakchi olimlarning nomlarini e’lon qildi.

Taqdirlash marosimi shu yilning 23 noyabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tashkil etilib, unda vazirlik va tashkilotlar rahbarlari, QS, Times Higher Education kabi dunyoning yetakchi reyting agentliklari vakillari, Elsevier kompaniyasi mutaxassislari, xorijlik ekspertlar hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlari, prorektorlari va doktorantlar ishtirok etdi.

http://edu.uz/media/7ae3597c-8d9c-a8d7-210b-f4bf011b9273.jpg


«Scopus Award-2018» taqdirlash marosimida yil davomida ilmiy-tadqiqot faoliyat bilan shug‘ullangan o‘zbekistonlik olimlar o‘rtasida to‘qqizta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.
Har bir izlanuvchining ilm-fan ravnaqiga qo‘shgan hissasi taqriz qilinayotgan ilmiy adabiyotlar annotatsiyasi va iqtiboslarining eng yirik yagona bazasi bo‘lgan Scopus ma’lumotlari asosida amalga oshirilib, «Ilm-fan-2020» milliy dasturi doirasida 2018 yilda unga O‘zbekistonning yuzdan ortiq ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy ta’lim muascasalari ulanish imkonini qo‘lga kiritishdi.

http://edu.uz/media/faf8fec8-97f1-7bd2-173d-75a88a4f8f37.jpg

Taqdimotda o‘zbekistonlik olimlar tomonidan amalga oshirilayotgan tadqiqotlarning sifati hamda jahondagi iqtiboslari jihatidan nufuzli o‘ntalikka kirgan jurnallarda chop etilgan maqolalari soni ancha oshganligi e’tirof etildi.

http://edu.uz/media/7c1e479f-d898-d501-b245-28dfeeeedc09.jpg

“SCOPUS AWARD-2018” taqdirlanganlar:
1. “Researcher of the Year” («Yil olimi») nominatsiyasi – Dilshod To‘laganov (Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti), Temurbek Usmonov, Bobomurod
Ahmedov (O‘zbekiston Fanlar akademiyasi);
2. “High Performance award” (Eng sermahsul OTM) nominatsiyasi – O‘zbekiston Milliy universiteti;
3. “Outstanding Research Impact Award” (Tadqiqotlarda erishgan ulkan natijasi uchun) nominatsiyasi – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi;
4. “Growth of the Year” (Yilning eng muvaffaqqiyatga erishgan OTM) nominatsiyasi – Toshkent pediatriya tibbiyot instituti;
5. “Breakthrough of the Year” (Yil kashfiyoti) nominatsiyasi – Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti;
6. “Library of the Year” (Yil kutubxonasi) nominatsiyasi – Samarqand davlat universiteti;
7. “Contribution to Science” (Ilm rivojiga qo‘shgan hissasi uchun) nominatsiyasi – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;
8. “Eng yosh olim” nominatsiyasi – Mirabbos Xo‘jamberdiyev;
9. “Women in Science” (Yil olimasi) nominatsiyasi – Shaxlo Turdiqulova.

http://edu.uz/media/54ba39b0-f46c-f7f4-0650-4114efe21dfe.jpg

Taqdirlash marosimida oltita fan kategoriyalarida ham eng yaxshi mualliflar aniqlandi: Ibrohim Abdurahmnov (qishloq xo‘jaligi), Olim Ro‘zimurodov (injiniring va texnologiya), Raufxon Salaxodjayev (gumanitar fanlar), Ulug‘bek Abdufattoyev (tibbiyot), Bahrom Umirov (tabiiy fanlar), Xegay Tatyana (ijtimoiy fanlari).

http://edu.uz/media/fcd5dad7-c1ce-4b85-ab0b-94e01c5176cc.jpg

Tadbir doirasida Birinchi ilmiy forum ham o‘tkazilib, unda maqola yozish, ilmiy jurnallarni indeksatsiyalash va xalqaro reytinglarga kirish metodologiyasini o‘rgatish bo‘yicha mahorat darslari bo‘lib o‘tdi.

http://edu.uz/media/cf3387a6-8ec8-2a0d-ffca-16250f6dbf06.jpg

Scopus Award mukofoti – jahoning nufuzli ilmiy mukofoti hisoblanib, Elsevier kompaniyasining dunyo miqyosidagi tashabbusi sanaladi. Mukofot olimlarning sermahsul faoliyatini rag‘batlantirish, ziyoliylar mavqeni ko‘tarish hamda yoshlar o‘rtasida ilmiy faoliyat bilan professional shug‘ullanishni ommalashtirishga yo‘naltirilgan.
Ma’lumot uchun, shu yilning 23 mart kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Elsevier kompaniyasi o‘rtasida respublika oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish, ularni dunyoning yetakchi reyting agentliklari tomonidan e’tirof etilishini ta’minlashga qaratilgan «Ilm-fan 2020» hamkorlik dasturi imzolangan.

Manba: edu.uz