Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Oila – muqaddas dargoh!

img

Samarqand davlat universitetining Pedagogika fakultetida 24-26 noyabr kunlari “Talaba yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash muammolari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. 
Unda Respublikamiz poytaxti va viloyatlaridan tashrif buyurgan ko‘plab mutaxassislar va tinglovchilar ishtirok etdilar. Anjuman qatnashchilari sho‘’balarga bo‘linib: “Oila pedagogikasi va psixologiyasida zamonaviy yondoshuvlar, an’ana va innovatsiyalar”; “Innovatsion ta’lim muhitida talabalarni oilaviy hayotga tayyorlash muammolari va istiqbollari”; “Oila ta’lim sub’ekti sifatida”; “Talabalarda inklyuziv ta’limga oid kasbiy kompitensiyalarni shakllantirish”singari masalalarni muhokama qilishdi. Anjuman uch kun davom etdi.

Axborot xizmati