Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

“Balli qizlar” ko‘rik-tanlovi

img

Samarqand davlat universitetining maktabgacha ta’lim fakultetida “Balli qizlar” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda 7 nafar qizlar kitobxonlik, pazandalik va san’at sohasidagi bilim va malakalarini namoyish etib o‘zaro bellashdilar. Hakamlar hay’atining qaroriga ko‘ra, musiqa ta’limi yo‘nalishi 112-guruh talabasi Qarshiyeva Marziya birinchi, 103-guruh talabasi Nazarova Gulchiroy ikkinchi va 102-guruh talabasi Abduraimova Durdona uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. 
Tanlovda ishtirok etgan barcha qizlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. 

Axborot xizmati