Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Buxoroga sayohat

img

“Yurgan - daryo”, deydi xalqimiz. Samarqand davlat universiteti yoshlar ittifoqining bir guruh yetakchi va faollari Buxoro shahriga sayohat uyushtirdilar. 
Tarix bilan tanishish Buxoroning mashhur Arkidan boshlandi. Mustaqillik yillari qayta ta’mirlanib, batamom o‘zgacha ko‘rk va chiroy kasb etgan Minorai kalon, Masjidi kalon, Mir Arab madrasasi, Bahouddin Naqshband qadamjosi ziyoratchilarda katta taassurot qoldirishi barobarida, ulug‘ tariximizning bir parchasi bilan yaqindan tanishish imkonini ham berdi. 

Axborot xizmati