Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Mehr-muruvvat tadbiri

img

“Bir ko‘ngli buzuqning xotirin shod aylamak, 
oncha borkim, ka’ba vayron bo‘lsa, obod aylamak”. 

Hazrat Mir Alisher Navoiyning mazkur satrlari xalqimizning oqibat tuyg‘usi bilan tutashib ketgan. Zero, mehr-muruvvat, xayru saxovat bu xalqning qonida bor, zuvalasi ezgulik suvi bilan qorilgan. 
“3-dekabr – Xalqaro nogironlarni qo‘llab-quvvatlash kuni” munosabati bilan Samarqand davlat universitetida ham muruvvat tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda shu dargohda faoliyat ko‘rsatib, nogironlik nafaqasiga chiqqan professor-o‘qituvchilardan 24 nafariga hurmat-ehtirom ko‘rsatilib, birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan berilgan sovg‘a-salomlar bilan siylandilar. Ayniqsa bir piyola choy ustida uyushtirilgan suhbat g‘oyat maroqli kechdi, bu ularning ko‘nglini tog‘dek ko‘tardi. Zero, inson uchun e’tibordan ortiq mukofot, diydordan ortiq rag‘bat yo‘q...

Axborot xizmati