Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

AQSh davlat departamenti vakillarining tashrifi

img

17-dekabr kuni AQSh Davlat departamentining madaniyat va ta’lim ishlari bo‘yicha Byurosi katta maslahatchisi Rik Rut Samarqand davlat universitetiga tashrif buyurdi.
AQSh elchixonasi mutaxassislari Oksana Rayt va Muxlisa Rasulovalar ham unga hamrohlik qilishdi. Tashrif doirasida mehmonlar universitetning 1-3 kurs talabalari yarim semestr muddatida “Global bakalavr almashinuv Dasturi” orqali AQShda o‘qishlari mumkinligi, o‘zbekistonlik talabalar uchun 6 ta o‘rin ajratilganini bayon etishdi. Shuningdek, da’vogarlar ingliz tilini bilishi shart ekani ham qayd etib o‘tildi. 
Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, o‘qish xarajatlari AQSh departamenti tomonidan qoplanadi. Mazkur dasturga ariza topshirish bilan bog‘liq barcha ma’lumotlarni quyidagi saytdan olishingiz mumkin: https://uz.usembassy.gov/uz/education-culture-uz/exchange-programs-uz/global-undergraduate-exchange-program-uz/
Tashrif so‘ngida AQSh departamenti Samarqand davlat universiteti qoshida TOEFL Markazini ochish rejasi borligini bildirdi. 

Xalqaro hamkorlik bo‘limi