Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Dasturlash bo’yicha fakultet olimpiadasi

img

 “Oliy ta’lim tizimida sifatli kadrlarni tayyorlash” bo’yicha O’zbekiston Respublikasi  hukumati tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan shu yilning 20 dekabr kuni Samarqand davlat universiteti Amaliy matematika va informatika fakulteti “Axborotlashtirish texnologiyalari” kafedrasi o’qituvchilari tomonidan tashkil etilgan I kurslar o’rtasida “Dasturlash asoslari” fani bo’yicha fakultetning ichki olimpiadasi bo’lib o’tdi. 
Olimpiadaga Amaliy matematika va informatika fakultetining kunduzgi va kechki shaklda ta’lim olayotgan talabalaridan 30 kishi ishtirok etishdi. 
Ular quyidagi 4 ta asosiy mezon asosida onlain tizim orqali baholandi:
a)  vaqt bo’yicha tez ishlaydigan algoritm;
b) eng kam xotirani band qiladigan algoritm;
c) eng kam urinishlar asosida natija qilgan algoritm
d) qisqa vaqtda natijaga erishgan algoritm
Olimpiada natijasiga ko’ra :
1.  I o’rinni egallagan Amaliy matematika va informatika fakulteti 101-guruh talabasi Tovboyev Javohir I-darajali sertifikat bilan taqdirlandi;
2. II o’rinni egallagan Amaliy matematika va informatika fakulteti 102-guruh talabalari Murodqosimov Rustam va Pardayeva Ozugul II-darajali sertifikat bilan taqdirlandi;
3. III o’rinni egallagan Amaliy matematika va informatika fakulteti 102-guruh talabalari Xaqberdiyev Javohir, Sindorov Obid, Nosirov Shoxrux va 103 guruh talabasi Soliyev Akbar III-darajali sertifikat bilan taqdirlandi.