Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Universitetda yangi hamkorlik shartnomasi imzolandi

img

Joriy yilning 18-20 dekabr kunlari respublikamizga tashrif buyurgan Rossiya federatsiyasi Qozon milliy, ilmiy-texnologiya universitetining rektori, Rossiya fanlar akademiyasining muxbir a’zosi, texnika fanlari doktori, professor Sergey Vladimirovich Yushko boshchiligida delegatsiya Samarqand shahriga ham safar qildilar. 
Tashrif doirasida, qozonlik mehmonlar Samarqand Davlat universitetida bo‘lib, oliy o‘quv yurtidagi o‘zgarishlar va imkoniyatlar bilan tanishishdi. Uchrashuv doirasida ikki o‘quv dargohi o‘rtasida ilmiy-malakaviy hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Axborot xizmati