Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Moziy – muzey mulki

img

Samarqand davlat universiteti qoshida tashkil etilgan qatag‘on qurbonlari muzeyi va unda qo‘yilgan eksponatlarni ko‘zdan kechirgan toshkentlik mehmon, filologiya fanlari doktori Boqijon To‘xliyev, qadimiy shaharga qilgan sayyohati yana bir ziyorat qilsa arzigulik maskanga ko‘payganligini qayd etdi.

Shu kuni bu maskanga qadam ranjida qilgan filologiya fakulteti talabalari Boqijon To‘xliyevning o‘tmish mavzusidagi sermazmun suhbatidan ham bahramand bo‘ldilar. “Muzeyga munosabat – moziyga munosabat orqali shakllanadi” dedi u, talaba yoshlarning muzeyga qilgan tashrifini qutlab.

Axborot xizmati