Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Mushohadaga undovchi psixologik so‘rovnoma 

img

Samarqand davlat universiteti bosh binosida universitet psixologi tashabbusi bilan “Yashashim uchun 1000000001 sabab”, “Men hayotimdan minnaddorman chunki.......” kabi mushohadaga undovchi psixologik so‘rovnoma o‘tkazildi.

Uni o‘tkazishdan maqsad, talaba yoshlar ongida shukronalik hissi, hayotga muhabbat, o‘ziga ishonch, vatanparvarlik va baxt hissini tarkib topdirish, yoshlarning mushohada qobiliyatini o‘stirishga qaratilgan edi.

Unda universitetning professor-o‘qituvchilari va xodimlari shuningdek tarix, filologiya, mexanika-matematika fakultetlarining talabalari ishtirok etishdi.

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra ishtirokchilarning 60%i vatanimiz tinch, osmonimiz musaffoligidan, 20%i talabalik baxtiga muyassar bo‘lganligidan, 10%i ota onasi, yaqinlari sog‘-salomatligidan, 10%i esa ko‘zlari ko‘rib, yuragi urib turganligi uchun hayotidan minnaddorligini bildirgan. Darhaqiqit, hayot go‘zal, yashash totli!..

Axborot xizmati