Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

“Ochiq dars” va oppoq orzular...

img

Mexanika matematika fakulteti “Nazariy va amaliy mexanika” kafedrasi o‘qituvchisi O‘tkir Nishonovning “Elastik nazariyasining asosiy tenglamalari, masalalari”; fizika fakulteti “Umumiy fizika” kafedrasi dotsenti, fizika-matematika fanlari nomzodi Xoliq Shakarovning “Elektr va magnetizm” fanidan “Elektromagnit induksiya hodisasi” mavzusida namunaviy ochiq darslari bo‘lib o‘tdi. 

Darsda o‘qituvchilar o‘zlarining bor mahoratlarini ishga solish barobarida texnik vositalardan ham unumli foydalanlilar. Ko‘rgazmalilik esa murakkab masalalarni tezkor o‘zlashtirish imkonini beradi. Qolaversa, darsning erkin savol-javob, muloqot tarzida kechgani talaba-yoshlarning mavzuga qiziqishini bir necha karraga oshirdi.

Jarayonni kuzatar ekanman, “Qani endi barcha ma’ruza auditoriyalarimiz mana shu kabi darslarni o‘tkazishga moslashtirilib, yosh o‘qituvchilarimiz ham shunga munosib tarzda o‘z mahoratllarini oshirib borsalar”, degan o‘y kechib o‘tdi xayolimdan. 

Ermamat Sattorov. O‘quv bo‘limi uslubchisi,
fizika-matematika fanlari  doktori