Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Ota-onalar majlisi

img

Ta’lim va tarbiya jarayonida o‘quv yurti o‘qituvchilar jamoasi bilan ota-onalarning muntazam aloqa qilib turishi talabalarning dars va mashg‘ulotlarga bo‘lgan mas’uliyatini oshirishga xizmat qiladi.

Qolaversa, ikki yoqlama nazorat ularning bo‘sh vaqtlarini bo‘lmag‘ur ishlarga sarflashlariga, o‘yinqaroqlik qilishlariga monelik qiladi. Biroq bu ularning erkini cheklash, degani emas. Har narsada me’yor bo‘lgani ma’qul! Zotan, yoshlarimiz ongini chetdan singdirilayotgan soxta demokratik tamoyillardan, har xil yuzaki qarashlardan asrasak mamlakatimiz Prezidentining: “O‘zbekistonga jadal islohotlar sur’atiga mos ilg‘or kadrlar kerak” degan so‘zlari amaliy qiyofa kasb etadi.

Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakultetida 1-bosqich talabalarining ota-onalari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishlar mana shu mavzular tegrasida kechdi. Ularda «Talabalar bilimini nazorat qilish va baholash to‘g‘risida»gi Nizom talablaridan kelib chiqadigan vazifalar, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, kiyinish madaniyati, davomat va yashash sharoitlari bo‘yicha ota-onalar nazoratini o‘rnatish masalalari ham muhokama qilindi.

Axborot xizmati