Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

RF Prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasining taqdimoti

img

Samarqand davlat universitetida Rossiya federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 

Unda akademiyaning shimoliy-g‘arbiy institutidan, davlat boshqaruvi fakulteti dekani Mixtin Anatoliy Alekseyevich va davlat boshqaruvi kafedrasi mudiri Aleksey Igorevich Balashov ishtirok etdi, shuningdek iqtisodiyot va biznes fakulteti talabalari va o‘qituvchilari qatnashdilar.

Rossiyalik mehmonlar yig‘ilganlarga akademiya faoliyati va institutning o‘qishga doir shart-sharoitlari haqida so‘zlab berdilar. Taqdimot marosimida shuningdek Sankt Peterburg shahrining e’tiborga molik joylari haqida ma’lumot ham berildi

Axborot xizmati