Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Ta’lim sohasidagi islohotlarga doir seminar-treninglar o‘tkazildi

img

Mamlakatimizda ta’lim sohasidagi islohotlarning amalga oshirilishi, o’qitishning mazmun va mohiyatini tubdan yangilashda o’tgan qisqa ikki yil ichida ta’lim islohotlariga bag’ishlangan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, nutqlari hamda normativ me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mazmuni, mohiyati va ahamiyatini universitet professor-o’qituvchilari ongiga singdirish maqsadida 2019-yil 4-yanvardan 9 yanvarga qadar seminar-treninglar o’tkazildi. 

Seminarlarda universitetning barcha professor-o’qituvchilari va xodimlari ishtirok etdi. Seminarlarni o’quv ishlari bo’yicha prorektor A.S.Soleev olib bordi. Seminar qatnashchilariga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy ta’limni rivojlantirish bo’yicha qabul qilgan Farmon va Qarorlari Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda  Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan normativ me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun va mohiyatlari to’g’risida tushuntirishlar berildi. 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy ta’limni rivojlantirish bo’yicha qabul qilgan Farmon va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda  Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan normativ me’yoriy-huquqiy hujjatlariga asosan universitetda amalga oshirilgan hamda kelajakda amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar to’g’risida batafsil ma’lumotlar berildi. Chiqarilgan Farmon va Qarorlar bo’yicha universitetning yo’l xaritalari ishlab chiqilgan bo’lib, yo’l xaritalarda belgilangan amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalarni o’z muddatlarida amalga oshirilishi qat’iy belgilanganligi ko’rsatib o’tildi.

Universitetda 2018/2019 o’quv yilida qabul kvotalarini oshirilishi, joriy etilgan ta’lim shakllari (sirqi, kechki, maxsus sirtqi), ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari, talabalar sonining oshishi, professor-o’qituvchilarga bo’lgan talab, xorijiy oliy ta’lim muassasalarining o’zaro kelishuvi hamda qo’shma ta’lim dasturlari asosida o’qitish to’g’risida batafsil ma’lumotlar berildi.