Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Oliy ta’limni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari: xalqaro tajribalar va O’zbekiston amaliyoti 

img

2019 -yilning 8- yanvar kuni Oliy va o’rta maxsus ta’lim  vazirligining 2018 yil 29 dekabrdagi №87-03-4549-sonli xatiga asosan Samarqand davlat universitetda “Oliy ta’limni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari: xalqaro tajribalar va O’zbekiston amaliyoti” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarda universitetning barcha professor-o’qituvchilari va xodimlari ishtirok etdi. Seminarni o’quv ishlari bo’yicha prorektor A.S.Soleyev olib bordi. Seminar qatnashchilariga, vazirlik tomonidan berilgan taqdimot materiallari asosida Respublikamizda Oliy ta’lim tizimi bo’yicha amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, yetakchi xorijiy OTMlarning tajribalari va kelajakda amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar to’g’risida batafsil ma’lumotlar berildi. 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy ta’limni rivojlantirish bo’yicha qabul qilgan Farmon va Qarorlari hamda  Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan normativ hujjatlarining mazmun va mohiyatlari to’g’risida tushuntirishlar berildi.  


O’tkazilgan seminar taqdimoti bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:
 Taqdimotlar yuklab olish