Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Mehr-muruvvat tadbirlari davom etmoqda

img

Shu kunlarda yurtimizda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan ko‘plab uchrashuvlar, sport musobaqalari hamda xalqimizning saxovatpeshalik va muhtojlarga moddiy-ma’naviy ko‘mak berishdek olijanob fazilatlari o‘z ifodasini topgan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

“Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” shiori ostidagi shunday tadbirlardan biri Samarqand davlat universiteti mexanika-matematika fakulteti jamoasi tomonidan Samarqand shahridagi 59-son ko‘zi ojiz bolalar ixtisoslashtirilgan davlat talim muassasasida tashkil etildi. Muruvvat tadbirida talim muassasasi tarbiyalanuvchilari uchun bayram dasturxoni yozildi, turli xil hadyalar tuhfa etildi.