Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

KORRUPSIYA – JAMIYAT KUSHANDASI

img

Samarqand davlat universiteti faollar zalida “Ta’lim muassasalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” mavzusida ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 
Tadbirda fakultet dekanlari, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etdi. Uchrashuvda so‘zga chiqqan SamDU Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori A. Eshtayev, Samarqand viloyati prokuraturasi xodimi A. Eshquvvatov, universitet katta yuristkonsulti I. Bo‘riyev korrupsiyaning jamiyat rivojiga to‘siq ekanligini, ta’limda poraxo‘rlik va korrupsiyaning boshqa ko‘rinishlariga qarshi kurashish naqadar zarurligini aytib o‘tdilar. 
Tadbirda professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohasida mazkur illatga qarshi kurashish zarur ekanligi alohida ta’kidlandi.