Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Samarqand davlat universiteti prorektori Xolon texnologiya institutida 

img

SamDU Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Muxtor Nasirov Isroilning Xolon texnologiya institutida xizmat safarida bo‘ldi.
Mazkur tashrif SamDU va XTI o‘rtasida 2018 yilda imzolangan akademik hamkorlik haqidagi shartnomaga binoan amalga oshirildi.
Prorektor M.G.Nasirovni XTI prezidenti, professor Eduard Yakubov, tadqiqotlar, innovatsiyalar va Venchur investitsiyalar bo‘limi boshlig‘i va AYYT (TIT HIT) bosh direktori, doktor Rafael Barkan, Xalqaro Venchur biznesi rahbari, doktor Gay Yoskovich va xalqaro aloqalar bo‘yicha xodim Toni Levi kutib oldilar.
Tashrif chog‘ida M.Nasirov va prof. E.Yakubov amaliy matematika, sanoat matematika fanlari bo‘yicha qo‘shma o‘quv dastur yaratish to‘g‘risidagi ikki tomonlama shartnoma imzoladilar.
M.Nasirov XTIning o‘quv va tadqiqot laboratoriyalarini ko‘zdan kechirdi va ushbu institut o‘quv-ilmiy faoliyati bilan tanishdi.

Chapdan o‘ngda: professor Yeduard Yoqubov, prorektor Muxtor Nasirov

Robototexnika markazi

Nonotexnogoliya laboratoriyasi

Xalqaro hamkorlik bo‘limi