Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

“Giyohvandlik – asr vabosi”

img

Samarqand davlat universiteti faollar zalida “Yoshlar orasida giyohvand vositalarning tarqalishiga qarshi kurash” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 
Tadbirda professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etdi. Uchrashuvda so‘zga chiqqan universitet Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori A. Eshtayev, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazi bo‘lim boshlig‘i Sh.G‘ulomov, Samarqand viloyati narkomaniya dispanseri bo‘lim boshlig‘i R.Eshonqulov, Samarqand shahar ichki ishlar boshqarmasi giyohvandlik vositalariga qarshi kurash bo‘limi boshlig‘i F.Indiaminovlar giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida, giyohvandlik illatiga chalingan yoshlarning sodir etayotgan jinoyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar berdi.
Tadbirda professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohasida mazkur illatga qarshi kurashish zarur ekanligi alohida ta’kidlandi.

Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi