Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Fizika fakulteti talabalari bilan ma’rifiy tadbir

img

Samarqand davlat universiteti fizika fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2018-yil 28-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasini o‘rganish mavzusida ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda fakultet dekani dots.A.Absanov, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Norqulov, yadro fizikasi kafedrasi mudiri dots.R.M.Eshbo‘riev, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etdi. Uchrashuvda so‘zga chiqqan SamDU fizika fakulteti dekani A.Absanov, Yadro fizikasi kafedrasi mudiri dots.R.M.Eshbo‘riyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2018-yil 28-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqib talaba-yoshlar oldida turgan asosiy vazifalar to‘g‘risida chiqish qildilar.

A.Norqulov. Fizika fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari