Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan tanishuv

img

16-fevral kuni Samarqand Davlat universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun Imom Buxoriy majmuasiga sayohat tashkil etildi.

Mehmonlar davlatimiz rahbari tashabbusi bilan barpo etilgan xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va uning hududida joylashgan hadis, kalom va qiroat ilmini o‘rganishga mo‘ljallangan xonalar, qo‘lyozmalar kutubxonasi hamda muzey faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Zamonaviy uslubda barpo etilgan, 6 gektar maydonni egallagan markaz tashrif buyurganlarda ulkan taassurot qoldirdi.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi