Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Bektosh Rahimovning nomi yod etildi

img

Shu yilning 22 –fevral kuni SamDU “Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi”da taniqli davlat va jamoat arbobi, Mehnat qahramoni Bektosh Rahimov tavalludining 95 yilligiga bag‘ishlangan xotira tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Xotira marosimini SamdU rektori, professor Rustam Xalmurodov olib bordi.
Tadbirda so‘zga chiqqan nuroniy va mehnat faxriylari – Hasan Normurodov, Abdishukur Muhammadqulov, faxriy professor Mavlon Jo‘raqulov, Mahorat Boqiyeva, Sharofat To‘xliyeva va boshqalar Bektosh Rahimovning ibratli va mashaqqatli umr yo‘llari, rahbarlik salohiyati, bunyodkorlik hamda yaratuvchilik ishlari xususida gapirishdi.
Bektosh Rahimovich tavalludining 95 yilligiga bag‘ishlangan xotira tadbirlari mamlakatimizda davom etmoqda.

SamDU matbuot xizmati.