Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Salomatlik kunlari

img

2019-yil 19-22 fevral kunlari Samarqand davlat universiteti Kimyo fakultetida “Salomatlik kunlari” tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda Samarqand shahar “Teri-tanosil kasalliklari dispanseri” shifokori I. Kamolov o‘z ma’ruzasi bilan qatnashdi. 
Tadbir davomida yoshlarga sog‘lom turmush tarzini, jinsiy tarbiya madaniyatini shakllantirish, pala-partish jinsiy munosabatlar orqali yuqadigan teri va tanosil kasalliklarining salbiy oqibatlari haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, yoshlarimiz turli stress holatlarga chidamlilik, oilaviy hayotga tayyorgarlik, sog‘lom farzand ko‘rish uchun zarur bo‘ladigan boshqa bilimlarni egallashlari lozimligi ta’kidlandi.