Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Insoniyatning eng noyob kashfiyoti

img

2019-yil 21-fevral kuni Samarqand Davlat universitetida talaba-yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va ularning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida o‘zbek adabiyotining yorqin vakillari asarlarining taqdimoti o‘tkazildi. Jumladan, Said Ahmadning “Jimjitlik”, Odil Yoqubovning “Osiy banda”, Pirimqul Qodirovning “Avlodlar dovoni”, Tog‘ay Murodning “Ot kishnagan oqshom”, Tohir Malikning “Halol nimayu-harom nima”, O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” kabi 300 dan ziyod badiiy asarlar talabalar e’tiboriga havola etildi. 
Taqdimotda ishtirok etgan talabalar kitob insonni barkamollik sari yetaklaydigan, qalbiga yorug‘lik va iliqlik kiritadigan, oq bilan qora, yaxshilik bilan yomonlik, vayronkorlik bilan bunyodkorlikning farqini anglashga yordam beradigan, insoniyat tomonidan yaratilgan eng noyob kashfiyot ekanligiga yana bir bor amin bo‘ldi.