Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Talabalar ota-onalari bilan uchrashuv

img

Amaliy matematika va informatika fakultetida talabalarning ota-onalari bilan uchrashuv o’tkazildi. Tadbirda fakultet professor-o’qituvchilari, talabalarning ota-onalari, guruh rahbarlari ishtirok etdilar.

Uchrashuvda fakultet professor-o’qituvchilari qatori ota-onalar ham o’z farzandlarining dars mashg’ulotlariga qatnashishi, kiyinishi, yurish-turishidan tortib, har xil buzg’unchi kuchlarning ta’siriga tushib qolmasliklari uchun doim mas’ul ekanliklari ta’kidlandi.

Tadbirda fakultet birinchi bosqich talabalariga talabalik guvohnomalari, yuksak bilimi, namunali xulqi va jamoat ishlaridagi faolligi bilan o’rnak bo’layotgan talabalarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.