Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

SamDU  xotin-qizlariga  ehtirom

img

2019-yilning 7-mart kuni Samarqand davlat universitetida 8-Mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan tantanali ayyom  tadbiri o’tkazildi.

Qutlug' va  muborak ayyom munosabati bilan dorulfunun xotin-qizlari, talaba-yoshlarni universitet rektori, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi Rustam Xalmuradov, universitet xotin-qizlar boshlang’ich tashkiloti raisi Sharofat To’xliyeva,  professor-o’qituvchilar,  talabalar  bayram bilan muborakbod etishdi..

Ayyom munosabati bilan universitet ma’muriyati tomonidan faoliyat ko’rsatayotgan barcha xotin-qizlar, ishchi–xizmatchilar, professor-o’qituvchilarga bayramona dasturxon tashkil etildi.

Shuningdek, 8-Mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan samarali mehnati va jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun universitet birlashgan kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan 105 nafar professor-o’qituvchi va xodimlar esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

Bayram  davrasida  dorulfunun musiqa yo’nalishi  talabalari ijrosida  ayolni, go’zallik va latofatni tarannum  etuvchi kuy va  qo’shiqlar yangradi.  Ayyom dilllarga bir olam  zavqu shavq  bag'ishladi.

Ayyomingiz  muborak bo’lsin, aziz  xamyurtlar!

Samarqand davlat universiteti  matbuot  xizmati.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi