Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

“Muqaddas dinimiz sofligini asrash-davr talabi” mavzusidagi davra suhbati

img

Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti “Pedagogika” kafedrasida 6-iyul kuni kafedra professor-o‘qituvchilari, hamda magistrantlar ishtirokida Prezident Sh.Mirziyoyevning “Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash-davr talabi” mavzusidagi ma’ruzasiga bag’ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda fakultet dekani dos.Sh.Maxmatmurodov so‘zga chiqib Prezident Sh.Mirziyoyev O‘zbekiston Musulmonlar idorasi rahbarlari, din arboblari “Nuroniy” va “Mahalla” jamg’armalari, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Kamolot” YoIH faollari, hokimliklar, huquq-tartibot idoralari vakillari, ilm, fan va madaniyat namoyondalari, islomiy ta’lim muassasalari mutasaddilari ishtirokidagi nutqini mazmun-mohiyatini yig‘ilganlarga tushuntirib o‘tdi.    

Tadbira ma’ruzaga professor Narziqul Shodiyev va kafedra mudiri dos.K.Hasanovalar ham so‘zga chiqib ma’ruzada ma’ruzada bayon qilingan dolzarb masalalar va ularning yechimlariga oid fikrlarini aytib barchani ogohlikka da’vat etdi.

Kafedra professor-o’qituvchilariga ta’til vaqtida o‘tkazilgan tadbirni mohiyatini mahallalarda yashovchi aholiga yetkazishlarini ta’kidlandi.

http://samdu.uz/assets1/plugins