Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

“Quvnoqlar va zukkolar” ko’rik-tanlovi boshlandi

img

2019-yil 25-mart kuni O’zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyatining oliy ta’lim muassasasi talabalari uchun tashkil etgan “Quvnoqlar va zukkolar” ko’rik-tanlovining “Ittifoq kubogi” bahslari start oldi. Festivalning ochilish kuni shahrimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalaridan bittadan jamoalar o’zlarining sahna ko’rinishlari bilan chiqish qildilar. Tadbirda Samarqand davlat universitetining “Ilhom” jamoasi ham muxlislarga yoqimli kayfiyat ulashdi.