Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy
Telefon: +998 66 2391140 Faks: +998 66 2391140 Email: devonxona@samdu.uz
Samarqand davlat universiteti faollar zalida “Biz radikalizm, missonerlik va prozelitizmga qarshimiz” mavzusida ma’rifiy uchrashuv o’tkazildi. Tadbirda Ilmiy ishlar va innovasiyalar bo’yicha prorektor H. Xushvaqtov, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Samarqand shahar bo’limi boshlig’i S.Zohidova, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo’limi rahbari v.b. A. Shaxlasov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i K.Davronov, dekan o’rinbosarlari, professor-o’qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.
Uchrashuvda talabalarni norasmiy diniy oqimlar ta’siridan saqlash, har turli buzg’unchi g’oyalarga qarshi keskin kurashish har bir fuqaroning burchi ekanligi ta’kidlandi.