Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Hindiston universitetlarining nufuzi

img

Shu yilning 26-fevralidan 20-martgacha Samarqand davlat universiteti Amaliy matematika va informatika fakulteti o’qituvchilari Suvanov Shaxzod va Ximmatov Ibodullo Hindistonning Chandigarh universitetining "Xalqaro fakulteti almashinuv" dasturi doirasida xizmat safari bilan Hindistonda bo’lishdi. Tashrif davomida universitetning ta’lim dasturlari, o’qitish jarayonlari va ularning pedagogic texnologiyalari bilan yaqindan tanishishdi. Universitetning professori Dr.Munish Sabharval bilan ilmiy aloqalar yo’lga qo’yilib, axborot texnologiyalarining zamonaviy mavzulari bo’yicha ilmiy ish olib borilmoqda. Shu bilan bir qatorda bizning o'qituvchilar Chandigarh universiteti talabalari uchun oily matematika va axborot texnologiyalaridan ma’ruzalar o’qishdi. Tashrif so’nggida o’qituvchilarga o’tilgan qiziqarli darslari uchun tashakkurnoma taqdim qilishdi. Ilmiy yo’nalishdagi aloqalar davom etmoqda.