Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Kitobsevarlar uchrashuvi

img

Samarqand davlat universitetixotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti va tarix fakultetida Narpay tumanidagi 17-maktab o‘quvchisi 2018-yil fevral oyi Respublika Yoshlar Ittifoqi tomonidan o‘tkazilgan “Yosh Kitobxon” ko‘rik tanlovining g‘olibasi Shomurodova Moxiniso Shavkat qizi bilan hamkorlikda “Oilam kitob o‘qiydi” aksiyasi o‘tkazildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etdi. Mamlakatimizda yoshlarning kitobga qiziqishini, mutolaa madaniyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.
Aksiya doirasida fakultet talabalariga va SamDU xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti raisi dotsent Tuxliyeva Sharofat Bektoshevnaning rahmatli otasi Raximov Bektosh Raximovich o‘qigan va qurib bergan Narpay tumanidagi 17-maktab kutubxonasiga turli nomdagi 20 dan ortiq kitoblar sovg‘a qilindi.


Tarix fakulteti Xotin-qizlar kengashi raisi Sh. Hasanova