Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Universitetda “Bahor malikasi” aniqlandi

img

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand Davlat universiteti boshlang‘ich tashkiloti, universitet Xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Filololiya fakulteti tashabbuslari bilan Filologiya fakulteti talaba-qizlari o‘rtasida "Bahor malikasi" ko‘rik-tanlovi tashkil etildi. Tanlovda fakultetning 12 nafar faol talaba-qizlari 4 shart asosida bellashdilar. Shuningdek, ushbu fakultetda tahsil olayotgan eng faol, zukko, yigit-qizlarimiz fakultet dekani J.Eltazarov tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlanishdi. Ko‘rik-tanlov natijalariga to‘xtaladigan bo‘lsak, 3-o‘ringa Mamadiyorova Sayyora, 2-o‘ringa Toshboyeva Shahnoza, 1-o‘ringa Axmedova Mo‘tabar va eng oliy o‘rin hamda bugungi ko‘rik-tanlovning "Bahor malikasi" nominatsiyasiga Normatova Maftuna ishtirokchimiz sazovor bo‘lishdi. Qolaversa, ishtirokchi qizlarimiz "Eng pazanda qiz", "Eng bilimdon qiz", "Eng orasta qiz", "Eng chevar qiz", "Eng chaqqon qiz" nominatsiyalari bo‘yicha ham taqdirlanishdi. Tadbirda Samarqand viloyat xokimi o‘rinbosari, viloyat Hotin-qizlar qo‘mitasi raisi Alimova Gavhar Zairovna ishtirok etib, ishtirokchilarni qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotladilar.