Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

“Biz – sohibqiron avlodlarimiz”

img

Buyuk sarkarda Amir Temur tavallud topgan kun arafasida Samarqand davlat universiteti 5-son talabalar turar joyida rus va chet el adabiyoti kafedrasining “Adabiyotshunos” to‘garagi rahbari hamda ishtirokchilari tomonidan tashkil etilgan “Biz – Sohibqiron avlodlarimiz” nomli ijodiy kecha bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda talabalar Sohibqironga bag‘ishlangan zamonaviy badiiy asarlardan namunalar o‘qidi, mehmonlar uchun Amir Temur hayotiga oid videotaqdimot namoyish etildi. Tadbirda faol shtirok etgan talabalarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.