Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

“Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovida  universitet jamoasi birinchi

img

2019-yil 6-aprel kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyatining oliy ta’lim muassasasi talabalari uchun tashkil etgan “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining “Ittifoq kubogi” bahslari final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Final bahsida shahrimizdagi 5 ta oliy ta’lim muassasalaridan bittadan jamoalar o‘zlarining sahna ko‘rinishlari bilan ishtirok etdilar. Jamoalar 3 shart asosida bellashdilar. Qiziqarli va murosasiz o‘tgan bahslar yakunida Samarqand davlat universitetining “Ilhom” jamoasi faxrli birinchi o‘rinni egallab “Ittifoq kubogi”ni va birinchi darajali diplomni qo‘lga kiritdi.