Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

“Mirzo Ulug‘bek ilmiy merosining zamonaviy astronomiya fani va ta’limi ravnaqidagi roli” mavzusidagi Respublika yosh astronom talabalarining IX‑ilmiy-amaliy seminar-treningi 

img

2019-yil 9-aprel kuni soat 11:30 da Samarqand Davlat universitetida qomusiy olim, davlat va jamoat arbobi Mirzo Ulug‘bekning 625 yilligiga bag‘ishlangan seminar-treningning tantanali ochilishi va birinchi plenar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tantali ochilish tadbirida SamDU rektori R.I.Xalmuradov va O‘zFA Astronomiya instituti direktori, akademik Sh.A.Egamberdiyevlarning mamlakatimiz oliy ta’lim tizimidagi islohotlar va istiqboldagi ishlar to‘g‘risidagi chiqishlari yosh olimlar va iqtidorli talabalarda chuqur tasurot qoldirdi. Plenar yig‘ilishda O‘zbekistonda astronomiya fani va ta’limi sohasidagi yutuqlarga va istiqbol rejalarga bag‘ishlangan film namoyish qilindi. Bu yilgi seminar-treningda 10 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari (AndDU, FarDU, O‘zMU, TDPU, NukDPI, Qo‘qonDPI, JizDPI, QarDU, TATU Qarshi filiali, NavDPI, SamDU va h.k.)ning iqtidorli talaba va magistrantlari, yosh olimlari ishtirok etishdi. Shuni alohida etirof etish lozimki, seminar-trening ishtirokchilari 2019-yil 9-aprel ertalab o‘z ishini Mirzo Ulug‘bek haykali poyiga gulchambar qo‘yish hamda buyuk allomaning muzeyi eksponatlari va “Zij” jadvalidagi 1018 ta yulduzning osmondagi koordinatalari bevosita o‘lchangan tajribajoy bilan tanishishdan boshlashdi. Seminar-treningning uchinchi kuni dasturida Samarqandning betakror arxitektura yodgorliklari va zamonaviy qurilishlari bilan tanishish ham o‘rin olgan.