Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Nikohdan oldingi tibbiy ko’rikning ahamiyati

img

2019-yil 11-aprel kuni rus filologiyasi fakultetida “Yoshlar o’rtasida nikohdan oldingi tibbiy ko’rikning ahamiyati” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Tadbir Samarqand davlat universiteti xotin-qizlar qo’mitasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Uchrashuvda Samarqand shahar ko’p tarmoqli markaziy poliklinikasi reproduktiv markazi bo’lim boshlig’i D. Salaxiddinova, Samarqand shahar oliy o’quv yurtlarining tibbiyot birlashmasi kafedra mudiri A. Bazarov “Yoshlar o’rtasida nikohdan oldingi tibbiy ko’rikning zarurligi” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruzadan so’ng talabalar tibbiy ko’rikdan o’tish qoidalari va zarur hujjatlar bilan qiziqdilar.

Rus filologiyasi fakulteti 2 kurs talabalari Samarqand shahar ko’p tarmoqli markaziy poliklinikasining ginekologiya bo’limi boshlig’i K. Usmanovaning “Reproduktiv salomatlik haqida”gi ma’ruzasini tingladi. Tinglovchilarga tibbiy ko’rikning ahamiyati va jismoniy mashqlar bajarishning afzalliklari tushuntirildi.

Tibbyot xodimlaridan tashqari uchrashuvga Samarqand davlat universiteti hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi professori E. Kabulov ham taklif etilgan bo’lib, talabalar uning “Bepushtlik” mavzusidagi ma’ruzasini tingladi. Shuningdek, Samarqand davlat universiteti xotin-qizlar qo’mitasi Sh. To’xliyeva talabalarga tibbiy ko’rikdan o’tmaslik oqibatlari haqida ogohlantirdi.

Tadbir so’nggida rus filologiyasi fakulteti dekanining yoshlar ishlari bo’yicha o’rinbosari M. Boboxonov hamda fakultet xotin-qizlar qo’mitasi raisi T. Mavlyanova ma’ruzachilarga minnatdorlik bildirdilar.