Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Buyuk adibga ehtirom

img

2019-yil 15-aprelda filologiya fakulteti hamda tojik tili va adabiyoti kafedrasi hamkorligida Tojikiston Fanlar Akademiyasining birinchi prezidenti, yangi tojik adabiyotining asoschisi, buyuk yozuvchi va shoir, taniqli adabiyotshunos-olim Sadriddin Ayniyning 141-yilligiga bag‘ishlangan «Sadriddin Ayniy va Samarqand» mavzuidagi ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Mazkur anjumanda universitet ilmiy ishlari bo‘yicha rektor o‘rinbosari dots. H.Xushvaqtov, filologiya fakultetining dekani, prof. J.Eltazarov, tojik tili va adabiyoti kafedra mudiri prof. J.Hamroyev, prof.A.Vohidov va kafedra tayanch doktoranti (PhD) X.Mirzoyevlar so‘zga chiqib, buyuk ijodkor Sadriddin Ayniyning o‘tmish va bugungi davr adabiyotidagi mavqei hamda adabiy merosining kelajak avlod uchun qanchalik ibrat maktabi ekanligini ta’kidlab o‘tdilar. Faol talabalarning shoir ijodidan she’riy namunalar o‘qishi anjuman qatnashchilari qalbiga yanada zavq bag‘ishladi. Tadbirda filologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari, doktorant va magistrlari, shuningdek filologiya fakultetining talabalari va shahar ilmiy-adabiy jamoatchiligi vakillari qatnashdilar.