Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Jamoa jipsligi – muvaffaqiyat garovi

img

Samarqand davlat universiteti rahbar xodimlari – prorektor, fakultet dekanlari va bo‘lim boshliqlari bilan jamoada sog‘lom muhitni yaratish, rahbar va xodimlar o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlash, o‘zaro jipslikni ta’minlash maqsadida “Umumiy maqsadga erishishda jipslashgan jamoani shakllantirish” mavzusida trening tashkil qilindi (trener – psixolog D. Sulaymanova). 
Trening davomida turli mushohadaga undovchi topshiriqlar, jamoa bo‘lib bajariladigan interaktiv o‘yinlar va ruhiyatni ko‘taruvchi mashqlar bajarildi.