Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Tojikiston milliy universiteti professori  Nurillo Mulloyevning SamDUga tashrifi

img

2019-yil 15-aprel kuni Tojikiston milliy universiteti Fizika fakulteti «Optika» kafedrasining mudiri, professor Mulloyev Nurillo hamda kafedra aspiranti Xodiyev Masrurlar Samarqand davlat universiteti Fizika fakultetiga tashrif buyurdilar. Tashrif chog‘ida mehmonlar Fizika fakulteti dekani A.Absanov, “Optika” kafedrasi mudiri, professor A.Jumaboyev va kafedra o‘qituvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi va optika ilmiy laboratoriyasi ishlari bilan yaqindan tanishishdi. Ikkinchi kuni “Optika” kafedrasining professor-o‘qituvchilari bilan seminar-trening kurslari va hamkorlikda “Optika” fanidan kitob chiqarish bo‘yicha muhokamalar bo‘lib o‘tdi hamda keyingi rejalar haqida fikrlar almashinildi.