Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Nazm ahli bilan uchrashuv

img

2019-yil 18-aprel kuni SamDU kimyo fakultetida talabalarning kitobxonlik va mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat hududiy bo’limi bilan birgalikda taniqli shoir va ijodkorlar bilan adabiy uchrashuv tashkil etildi. 

Tadbirda O’zbekiston yozuvchilar uyushmasining a’zolari Namoz Xamro, Oygul Mamatova, Otabek O’roqov va “Ulug’bek vorislari” gazetasi muharriri, filologiya fanlari nomzodi Jumagul Suvonovalar ishtirok etdi.

Adabiy kechada kitobxonlik, badiiy asarlar mutolaasiga qiziqish insonni doimo yuksak pog’onalarga ko’tarishi ta’kidlandi. Taniqli shoirlarning ona yurtni tarannum etuvchi, ezgulikka chorlovchi she’rlari tinglandi.