Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Avlodlar ehtiromi

img

Turkistonda jadidchilik harakatining yo’lboshchisi, ulug’ ma’rifatparvar Mahmudxo’ja Behbudiyning elimizda maorif ishlarini yo’lga qo’yishda, madaniyatimiz ravnaqi borasidagi xizmatlari bugungi avlodlarni ham umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda muhim manbadir. Shu yilning 2 may kuni bu benazir inson yashab, ijod qilgan hozirgi Mir Said Baraka ko’chasi 47-uy peshtoqiga alloma tavallud  kunining 145 yilligi munosabati bilan xotira lavhasi o’rnatildi. Qatag’on qurbonlari xotirasi viloyat muzeyi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirda shahar jamoatchiligi vakillari, kollej va maktablarning o’quvchilari, ijodkorlar ishtirok etdilar.

Tadbirni Qatag’on qurbonlari xotirasi viloyat muzeyi direktori, professor S.A. Karimov ochdi. Unda  so’zga chiqqan viloyat “Nuroniy” jamg’armasi raisi H.N. Normurodov, yozuvchi Nusrat Rahmat, viloyat “Zarafshon” gazetasi bosh muhariri F.I. Toshev, mutafakkirning nevarasi Shohruhxon Behbudiy va boshqalar Mahmudxo’ja Behbudiyning buyuk ma’rifatparvarlik ishlari, uning o’chmas adabiy merosi haqida fikr yuritdilar va yoshlarni ana shu bebaho ma’naviy mulkdan hamisha bahra olishga chaqirdilar.

Qatag’on qurbonlari xotirasi viloyat muzeyi