Samarqand davlat chet tillari institutida oliy ta’lim muassasalari talabalari o’rtasida “Tafakkur sinovlari” respublika ko’rik-tanlovining viloyat mintaqaviy bosqichi bo’lib o’tdi.
Tanlovda viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalaridan jamoalar ishtirok etishdi. Nizom qoidalari asosida tashkil etilgan ko’rik-tanlov natijalariga ko’ra Samarqand davlat universitetining “Ulug’bek vorislari” jamoasi birinchi o’rinni egallab respublika bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi.