Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Ikkinchi jahon urush qatnashchilari ehtiromda

img

9 may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Samarqand davlat universiteti rektori R.I.Xalmuradov hamrohligida mexanika-matematika fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalaridan iborat guruh “Differensial tenglamalar kafedrasi dotsenti, ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Raxmonov Rashed Raxmonovichni borib ko‘rdi. Ustoz talabalarga urushda ko‘rganlari haqida so‘zlab berdi. Yig‘ilganlar urushning mudhish voqealari qayta takrorlanmasligiga, yurtimiz osmoni musaffo bo‘lib qolajagiga umid bildirdi.