Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

«Mustahkam oila – jamiyat tayanchi»

img

Shu yilning 13 may kuni Geografiya va ekologiya fakultetida SamDU Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti hamda SamDU Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamkorligida “15 may –Xalqaro oila kuni”ga bag‘ishlangan «Mustahkam oila – jamiyat tayanchi» mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. 
Tadbirda so‘zga chiqqan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oila ilmiy-amaliy tadqiqot markazi boshqarma boshlig‘i Zebiniso Shodiyeva, Samarqand shahar hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zebiniso Raxmonova, Samarqand davlat universiteti xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi dotsent Sharofat Tuxliyeva, Ekologiya kafedrasi professori Nurali Xalmanov va boshqalar oilaviy muammolar, ularning yechimlari, oilani mustahkamlash va yoshlarga ibratli maslahat va tavsiyalar berishdi.