Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Ustozlar jasorati unutilmaydi

img

9 may – Xotira va qadrlash kuni arafasida universitetda ishlagan Ikkinchi jahon urushi faxriylari holidan xabar olindi. Shunday uchrashuvlardan biri Samarqand davlat universiteti faxriy o‘qituvchisi, Ikkinchi jahon urushi faxriysi Asanov Seyt-Umer boboning xonadonida bo‘lib o‘tdi. Universitet rektori R. Xalmuradov, prorektor A.Soleyev va Jismoniy madaniyat fakultetining bir guruh professor-o‘qituvchilari hamda 60 dan ziyod talabalari uning xonadoniga tashrif buyurdi. Tadbirda universitet rektori R. Xalmuradov Seyt-Umer boboni Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 74 yilligi bilan tabrikladi. Uchrashuvda Seyt-Umer boboga esdalik sovg‘alari topshirildi, talabalar uning xonadonida tozalik va orastalik ishlarini amalga oshirdi.