Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Kitob – aql ziyosi

img

Samarqand Davlat universitetida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, taniqli ijodkorlar bilan bo‘lib o‘tgan davra suhbati ana shunday nomlandi. 
Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi mas’ul kotibi Toshpo‘lat Tugalov, shoira Xosiyat Bobomurodova va Zuhra Eshonqulovalar mamlakatimizda xalqimizning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, avlodlarni shu ruhda tarbiyalash, intellektual salohiyatli yoshlarni kamolga yetkazish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni alohida e’tirof etdi. Samarqandlik yoshlarning kitobga bo‘lgan munosabati, erishayotgan yutuqlari, universitetdagi kitobxonlikni keng targ‘ib etishga qaratilgan tadbirlar alohida qayd etildi.
Ijodkorlar o‘z faoliyati, ijod namunalari bilan universitet professor-o‘qituvchilari va talabalarini bahramand etishdi. Shundan so‘ng davra suhbati qizg‘in savol-javobga ulandi. 
Tadbir so‘ngida adib Muhammad Ali o‘zining «Navoiy va Boyqaro» nomli asarini universitet kutubxonasiga sovg‘a qildi.