Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

“Siz oila qurishga tayyormisiz”

img

15-may - "Xalqaro oila kuni" munosabati bilan, 5-son talabalar turar joyida birinchi bosqich talaba qizlari bilan “Siz oila qurishga tayyormisiz” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli shifoxonasi endokrinologi N.Baxriyeva, Samarqand shahar ko‘p tarmoqli shifoxonasi akusher ginekologi K.Usmanova, universitet xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi Sh.Tuxliyeva va universitet psixologi D.Sulaymanovalar o‘zlarining qiziqarli va dolzarb ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Davra suhbati juda qizg‘in va savol javoblarga boy bo‘ldi. Talaba qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob topishdi.