Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

"Zukko kitobxon"

img

Samarqand davlat universiteti Biologiya fakultetida “Yoshlar ittifoqi" tashabbusi bilan "ZUKKO KITOBXON" ko‘rik tanlovi  o‘tkazildi.

Ushbu ko‘rik tanlovni fakultetining yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari Y.S. Ruziyev ochib berdi. Ko‘rik tanlovni o`tkazishdan asosiy maqsad talaba yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va ularning badiy adabiyotga bo`lgan qiziqishini oshirish.

Qiziqarli va munozaralarga boy bo'lgan ushbu ko‘rik tanlov talabalar Davlatimiz tomonidan taqdim etilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanayotganliklarini yana bir bor ko’rsatishdi.

"ZUKKO KITOBXON" ko‘rik tanlovi g‘oliblari.

1-o'rin 102 -guruh talabalari

2-o'rin 104-guruh talabalari

3-o'rin 101-guruh talabalari

G’olib jamoalarga faxriy yorliq va esdalik sovg’alari topshirildi.

Biologiya fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari:  Ruziyev Yu.S.