Biz sog'lom turmush tarafdorimiz

img

Amaliy matematika va informatika fakultetida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusdan biri bo'lgan yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoit yaratishga yo'naltirilgan ikkinchi tashabbus doirasida “Biz sog'lom turmush tarafdorimiz” shiori ostida e’lon qilingan “sport oyligi”ni samarali o’tkazish maqsadida fakultet guruhlari o’rtasida “Fakultet kubogi” futbol musobaqasi tashkil etildi.      

Qizg’in kurashlarga boy o’tgan musobaqada faxrli 1-o’rinni 1-bosqich 03-guruh jamoasi qo’lga kiritishdi va kubokga ega bo’lishdi. Musobaqada faol ishtirok etgan talabalar va guruhlarga fakultet dekani tomonidan faxriy yorliqlar berildi. Oylik doirasida fakultetda sportning boshqa turlari bo’yicha musobaqalar davom etmoqda.